Tadqiqotlar davom etmoqda. Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dalalarida cho‘l ozuqabop o‘simliklar ustidagi tadqiqotlar jarayonlari to‘xtagani yo‘q.
2026-01-22 11:25:00 / Yangiliklar

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dalalarida cho‘l ozuqabop o‘simliklar ustidagi tadqiqotlar jarayonlari to‘xtagani yo‘q. Cho‘l yaylov ozuqabop o‘simligi hisoblangan olabutaning Yagona, mahalliy olabuta hamda AQSH dan olib kelingan Atreplex kanessens o‘simliklarining tur va navlarini sinash maqsadida institutning Qarnab tajriba dalasiga ekildi. Jarayonda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor A.Rabbimov, institut direktorining joriy qilish va marketing ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Sindarov va “Qarnab” tajriba dalasi mudiri X.Soliyevlar ishtirok etdilar.



