O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-son qarori
2025-12-05 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-son qarorining 3-ilovasida 2025-2026-yillarda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirish mexanizmining 6.3-bandida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi tomonidan chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib borish belgilangan
Belgilab berilgan topshiriqqa asosan Veterinariyava chorvachilikni rivojlantirish qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan veterinariya nazorati ostidagi tovarlar, shu jumladan chorvachilik mahsulotlari va xomashyolari eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan mavjud muammolarni muhokama qilish hamda samarali muloqot platformasini shakllantirish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Qo‘mita raisi import va eksport talablari, ularga qo‘yilgan majburiy bo‘lgan qoidalar va javobgarligi bo‘yicha tadbirkorlarga tushunchalar berib o‘tdi.
Ushbu o‘tkazilgan uchrashuvda respublikamizda chorvachilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, ularni oldida bugungi kundagi mavjud muammolar yechimi yuzasidan Qo‘mita raisi hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodim-rahbarlari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi, ba’zi masalalar joyida hal etildi.





