10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
2025-12-10 09:05:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

✅Bugun yurtimiz tarixidagi muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
1992 yil 10-dekabrda qabul qilingan madhiya mustaqillik timsollari — Bayroq va Gerb bilan bir qatorda, xalqimiz iftixori va milliy o‘zligimizning ulug‘ ramzi hisoblanadi.
✅Madhiya matni ulug‘ shoir Abdulla Oripov, musiqasi esa mashhur kompozitor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan bo‘lib, yurtimiz ravnaqi, birdamligi va kelajakka intilishi qalbdagi yuksak gurur va mehrni aks ettiradi.
✅Har madhiyamiz yangraganda Vatanimizga daxldorlik va mehr tuyg‘ularini yana bir bor his etamiz.
Mustaqil O‘zbekiston barqaror taraqqiyot va yuksak maqsadlar yo‘lida oldinga intilavergay!
