Hurmatli yurtdoshlar!
2025-12-08 09:05:00 / Yangiliklar

Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 8-dekabr — umummilliy bayramimiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Konstitutsiyamiz xalqimiz irodasini, orzu-intilishlarini ifoda etgan, mamlakatimizda erkin va farovon hayotni ta’minlashga qaratilgan mustahkam huquqiy asosdir. Bugun yangilangan Asosiy qonunimiz inson qadrini ulug‘lash, fermer va tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, agrar sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
Veterinariya va chorvachilik sohasi ham Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida, zamonaviy innovatsiyalar, xavfsizlik standartlari va xalqaro hamkorlikka tayana turgan holda izchil rivojlanib bormoqda. Qo‘mitamiz tomonidan sohani modernizatsiya qilish, mahsulotlar sifatini oshirish, fermerlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aziz yurtdoshlar!
Bu qutlug‘ bayram hayotimizda adolat, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida yanada birlashtiradi degan umiddaman. Hammamizga tinchlik, sog‘lik, farovonlik va yangi marralarni zabt etishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B. Norqobilov
