Buyuk Britaniya bilan veterinariya va chorvachilk sohasida hamkorlik yanada kengaymoqda.
2025-12-04 14:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 4-dekabr kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida rais o’rinbosari Abror Akbarov hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Toshkentdagi elchixonasining savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Nikolas Altem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga Parranda go‘shti va iste’mol tuxumlarini eksport qilish hamda Buyuk Britaniyadan parrandalarning inkubatsion tuxumlarini va bir kunlik jo‘jalarni import qilish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu mahsulotlarni eksport va importi uchun veterinariya sertifikatlarini muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.
Suningdek, hamkorlikda qo’shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


