Nukusda zamonaviy ozuqa ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi
2025-12-04 12:25:00 / Yangiliklar

🔹🔹Loyihaning umumiy qiymati 600 ming AQSH dollari bo‘lib, shundan 480 ming dollar maxsus texnologik uskunalar xarid qilishga yo‘naltirildi. Bu uskunalar yordamida bedani qayta ishlab, chorva mollari uchun yuqori to‘yimli granula ozuqa tayyorlanmoqda.
🔹🔹Shuningdek, Fransiyaning ozuqa sifati va tarkibini aniqlovchi "Spectra sta" laboratoriya uskunasi o‘rnatildi.
🔹🔹Korxona soatiga 2 tonna ozuqa ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, mahalliy chorvachilikni to‘yimli ozuqa bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
🔹🔹Korxona Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklariga mahsulot
eksport qilish bo‘yicha kelishuvlar ustida ishlamoqda.


