Raqamli transformatsiya davrida gender tengligini ta’minlash: muammo va yechimlar
2025-11-26 11:10:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

📎"Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Raqamli transformatsiya davrida gender tengligini ta’minlash: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” 16 kunlik faol kampaniya doirasida tashkil etildi.
✔️Anjuman raqamli transformatsiya jarayonlarida gender tengligi muammolarini ilmiy jihatdan chuqur tahlil etish, yechimlar ishlab chiqish hamda bu borada innovatsion yondashuvlarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, OTMlarining professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.



