O‘zbekiston davlat veterinariya xizmati Afg‘onistonda naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etishda ko‘maklashadi.
2025-11-24 10:40:00 / Yangiliklar

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Abror Akbarov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston davlatiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri maslahatchisi Muhammad Vali Vaziri, Chorvachilik va hayvonlar sog‘ligi Bosh boshqarmasining Bosh direktori Zokirulloh Zokir bilan uchrashuv utkazildi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, xususan eksport-import ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, chorvachilik va naslchilik sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, bir qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, uch turdagi mahsulotlarni eksport va importi uchun veterinariya sertifikatlari ikki tomonlama kelishilib, imzolandi.
Shuningdek, chorvachilik va naslchilik sohalaridagi hamkorlik yuzasidan Anglashuv memorandumi imzolash xamda qoramollarni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha texnik oseminatorlarni tayyorlash maqsadida Afg‘onistonlik mutaxassislar uchun O‘zbekistonda maxsus tayyorlov kurslari, seminar va treninglar tashkil etishga kelishib olindi.

