HURMATLI TADBIRKORLAR!
2025-11-18 09:25:00 / Tender va e’lonlar

CHORVACHILIK MAHSULOTLARI #EKSPORT VA #IMPORTI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TADBIRKORLARNI OCHIQ MULOQOTGA TAKLIF ETAMIZ!
📅 2025 YIL 19 NOYABR, 11:00
📍Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi binosi
(Toshkent shahri)
🔈Veterinariya nazorati ostidagi tovarlar, shu jumladan chorvachilik mahsulotlari va hom ashyolari eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan joriy yil 19-noyabr kuni soat 11:00 da Qo‘mita markaziy apparati binosida ochiq muloqot tashkil etiladi.
✍️Ochiq muloqotda mazkur yo‘nalishda mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda tadbirkorlar bilan bevosita samarali muloqot platformasini shakllantirish maqsad qilingan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️+998712021200 / 201
