Bayroq — ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli
2025-11-18 09:30:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan “Bir el, bir vatan, bir bayroq” shiori ostida “Bayroq - ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli” deb nomlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov ishtirok etib, mustaqil yurtimizning davlat ramzlaridan biri hisoblangan bayrog‘imizning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati xususida nutq so‘zladi.
Xususan, Bahrom Norqobilov ma’ruzasini “Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Biz uchun ham bayrog‘imiz tariximiz, g‘ururimiz, shon-sharafimiz ramzi, ezgu intilishlarimiz va ertangi kunimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir” deya yakunladi.


