Litva bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi
2025-11-17 11:50:00 / Yangiliklar

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Abror Akbarov Litva Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Egidiyus Navikas bilan uchrashdi.
Muloqot davomida veterinariya va chorvachilik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat o‘rtasida chorvachilik mahsulotlari savdo aylanmasini oshirish, jumladan, tirik mollar importi hamda sut va dengiz mahsulotlarining eksport-importini jadallashtirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga veterinariya va chorvachilik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.


