2026-yilda majburiy energiya auditidan o‘tkaziladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste'molchilari ro‘yxati tasdiqlandi (https://gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya/sections/energoaudit)
2025-10-24 14:40:00 / Yangiliklar

2026-yilda majburiy energiya auditidan o‘tkaziladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste'molchilari ro‘yxati tasdiqlandi (https://gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya/sections/energoaudit)
Joriy yilning 20-oktabrida Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 93-son bayonnomasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2026-yilda Davlat energetika reyestriga kiritilgan 371 ta korxonalar majburiy energiya auditini o‘tkazishi talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgsutdagi "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi 940-son Qonuniga muvofiq "Majburiy energiya auditi Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda dastlabki, davriy, navbatdan tashqari va ekspress energiya auditi shaklida oʻtkaziladi".
