Energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2025-05-16 09:55:00 / Yangiliklar

Energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi Davlat energetika reestriga kiritilgan majburiy energoauditi o‘tkazishi kerak bo‘lgan korxonalarni bosh energetiklari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Unda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish, yirik korxonalarni auditdan o‘tkazish tartibi va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.
Iste’molchilarga energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan energiya miqdorini hisoblab chiqish, energiya samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatni tashkil etish va energiya audit ishlarini tashkil etish mexanizmlari tushuntirildi.
