Korea Energetika agentligi tomonidan "O‘zenergoinspeksiya" xodimlarini energiya samaradorligi va energo audit masalalarida malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi
2025-04-22 10:05:00 / Yangiliklar

O‘quv kurslarida mahalliy energiya diagnostikasi, energo audit tizimining holati, kommunal xizmatlar va sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus obyektlarni tushunish, o‘lchov uskunalarini ishlatish, energo diagnostika yoki energo audit hisoboti tuzish hamda dasturiy ta’minotidan foydalanish kabi mavzularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Trening so‘ngida Toshkent viloyatidagi energiya sarfi yuqori bo‘lgan korxonalarda ushbu mavzular yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
KEA vakiliga ko‘ra, mazkur tashabbus O‘zbekistondagi sanoat tarmoqlariga moslashtirilgan energiya samaradorligini oshirish loyihalarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda xalqaro bozorlar uchun yangi diagnostika modellarini ishlab chiqishda muhim qadam bo‘ladi.
Dastur ikkinchi bosqichida eng yaxshi ishtirokchilar Koreyada chuqurlashtirilgan treninglardan ishtirok etib, amaliy natijalarni tahlil qilish, energiyani tejash vositalaridan foydalanish va issiqxona gazlarini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganadi.
