Davlatimiz rahbari Boʻstonliq tumaniga tashrifi chogʻida “Ugam-1” kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.
2024-12-06 16:00:00 / Yangiliklar

Shuningdek, 2028-yilgacha viloyatda umumiy quvvati qariyb 2 ming 400 megavatt bo‘lgan, 4 milliard 800 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshiriladi.
Quvvati 1,48 megavatt bo‘lgan ushbu “Ugam-1” kichik GES qurish orqali yiliga 11,8 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratildi. Zamonaviy samarador gidroagregatlar va avtomatik boshqaruv tizimi o‘rnatildi. E’tiborlisi, bunda to‘liq yurtimiz mahsulotlari ishlatilgan. Boshqacha aytganda, uni milliy brend deyish mumkin.
Loyihani amalga oshirish natijasida hududdagi Chorbog‘, Xumson va Ugam mahallalardagi 5 mingta xonadon hamda turizm va dam olish maskanlari uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlanadi. Yiliga qariyb 4 million metr kub gaz tejaladi.
