Gaz qurilmalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat olib borgan korxonaga nisbatan chora ko‘rildi
2026-02-11 16:50:00 / Yangiliklar
O‘rganish davomida ushbu korxonar yiliga 100 ming kub metrdan ko’p gaz iste’mol qilib, texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Andijon shahrida joylashgan “U. S.” AJga qarashli ishlab chiqarish korxonasida texnik jihatdan qayta jihozlangan uskunalaridan foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu korxonar yiliga 100 ming kub metrdan ko’p gaz iste’mol qilib, texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuniga ko‘ra, ushbu korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
