O‘zboshimchalik bilan 678 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
2026-01-16 10:35:00 / Yangiliklar
Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Beshariq tumanida yakka tartibdagi tadbirkor B. B. ga qarashli oshxonada o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 678 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.