Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan profilaktika tadbirlari olib borilmoqda
2025-12-24 11:40:00 / Yangiliklar

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan profilaktika tadbirlari olib borilmoqda
O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa mas'ul tashkilotlar ishtirokida Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilayotgan obyektlarda yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, viloyatdagi bayram tadbirlarini uyushtiriladigan markazlar, bozorlar va savdo majmualarida gaz va elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralari va ulardan foydalanishda belgilangan normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganildi.
Shuningdek, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong‘in, is gazidan zaharlanish kabi noxush hodisalarning oldini olish hamda fuqarolarga texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi va xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan eslatmalar tarqatildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
