Andijon shahrida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
2025-12-05 09:40:00 / Yangiliklar
Oʻzenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida "B.O.M." MChJga qarashli milliy hammom va saunada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1,3 milliard so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.