Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
2025-12-04 17:40:00 / Yangiliklar
Oʻzenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida G'ijduvon tumanida "U.Sh.R." fermer xo'jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 346,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.