Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi
2025-11-27 15:10:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi
Oʻzenergoinspeksiya Toshkent va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari, Prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, komplayens-nazorat xizmatlarining faoliyatini yanada jadallashtirish hamda sohada bu borada amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mavzuga doir savol-javoblar o‘tkazildi.
