Agentlik direktori Törtkölda sayyor qabul ötkazdi
2026-11-21 11:35:00 / Yangiliklar

Unda aholi va fermer xöjaliklarini qiynayotgan suv soliği, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişda fermer xöjaliklariga amaliy yordam körsatiş, şuningdek, kanal va içki ariqlarni tozalaş kabi masalalar böyiça murojaatlari tinglandi.
Jumladan, Yanboşqal’a hududidagi «Yonboşqalali Uluğbek» fermer xöjaligi rahbari Umid Matrizayev «Bozorqal’a» kanalini tozalaşda amaliy yordam söradi. «Hosildor» fermer xöjaligi rahbari Ötkir Abdullayev esa içki ariqlarni tozalaş masalasida murojaat qildi.
Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunçilik talablari asosida huquqiy tuşuntirişlar berildi. Yeçimi joyida bölgan masalalar böyiça tegişli çoralar körildi, qöşimça örganiş va mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.





