Yakkaboğda qariyb 172 kilometr suğoriş tarmoği tozalanadi
2026-11-19 12:40:00 / Yangiliklar
Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida «Dolzarb 40 kunlik» doirasida suğoriş tarmoqlarini kelgusi mavsumga tayyorlaş va suv xöjaligi obyektlari atrofini kökalamzorlaştiriş işlari olib borilmoqda.

Tuman «Suv yetkazib beriş xizmati» davlat muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumi rejasiga asosan 61,21 kilometr xöjaliklararo va 110,6 kilometr içki suğoriş tarmoği maxsus texnika yordamida tozalanişi belgilangan. Şuningdek, muassasa tasarrufidagi içki suğoriş tarmoqlarining 25,6 kilometrini betonlaş ham közda tutilgan. Beton qoplama suvning tuproqqa singib yöqolişini kamaytiriş va kanallarning xizmat muddatini uzaytirişga yordam beradi.
Bundan taşqari, 39 ta gidrotexnika inşootini ta’mirlaş, 41 ta gidropostni ta’mirlab, iş holatiga keltiriş belgilangan. Bu işlar kelgusi mavsumda tarmoqlardan ötayotgan suv miqdorini aniq hisobga oliş va ekin maydonlariga suvni uzluksiz yetkazib berişga qaratilgan.
Ayni kunlarda xodimlar "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida bu hududlarda tozalik işlarini olib bormoqda, manzarali daraxt va buta köçatlarini ekmoqda. Avval barpo etilgan yaşil maydonlar va u yerdagi köçatlar ham muntazam parvarişlanmoqda.
Kelgusi yillarda ekiladigan köçatlarni hozirdan yetiştiriş uçun muassasa xodimlari terak, tok va boşqa ösimliklardan qalamçalar tayyorlamoqda.



