Döstlik tumanida suğoriş tarmoqlari raqamli boşqaruvga ötkaziladi
2026-11-13 17:40:00 / Yangiliklar

Unda Xitoyning Beijing HRUNAN Teçnology Co., Ltd. kompaniyasi vakillari loyihani amalga oşiriş rejalari va joriy etiladigan texnologiyalar haqida ma’lumot berdi.
Loyiha doirasida tumanda 203 ta suvni boşqariş qurilmasi, 1 601 ta suv oliş nuqtasiga tegişli jihozlar, 1 804 ta ölçaş va 1 762 ta videokuzatuv qurilmasi örnatiladi. Şuningdek, 371 ta quyoş paneli va akkumulyator batareyalari joylaştirilib, 159 kilometr irrigatsiya tarmoği rekonstruksiya qilinadi. Bundan taşqari, boşqaruv markazi taşkil etilib, mustaqil aloqa tizimi işga tuşiriladi.
Taqdimotda suvni boşqariş va uning sarfini ölçaş uskunalarining işlaş tartibi tuşuntirildi. Şuningdek, suğoriş hududlarining bugungi holati va mavjud irrigatsiya tarmoqlarining texnik imkoniyatlari körib çiqildi.
Loyihaning yana bir muhim qismi — sun’iy intellekt asosida «Vaziyatlar markazi» taşkil etiladi. Markazda qişloq xöjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida suvga bölgan ehtiyoji tahlil qilinadi. Bu ma’lumotlar asosida suğoriş muddatlari va suv hajmini belgilaş imkoniyati paydo böladi.
Loyiha işga tuşirilişi natijasida suv sarfini nazorat qiliş, uni taqsimlaşdagi yöqotişlarni kamaytiriş va qişloq xöjaligi ekinlarini suğorişda 30 foizgaça suv tejaş közda tutilgan.



