Suv tejovçi uskunalar işlab çiqarişda Özbekiston tajribasi örganildi
2026-11-05 18:15:00 / Yangiliklar

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan qişloq va suv xöjaligi sohasining 30 nafar rahbar hamda mutaxassislari korxonada suv tejovçi uskunalarni işlab çiqariş jarayoni va mahalliylaştiriş tajribasi bilan tanişdi.
“Agro New Drip” MÇJ tomçilatib va yomğirlatib suğoriş hamda mikroirrigatsiya tizimlari uçun “VITAND” brendi ostida mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Korxonada polietilen quvurlar, tomçilatib suğoriş şlanglari, tomizgiçli lentalar, fitinglar, geomembrana va boşqa zarur jihozlar tayyorlanadi.
Qiymati 37 million dollar bölgan loyiha 2024-yilda işga tuşirilgan bölib. Turkiya texnologiyalari asosida taşkil etilgan. Zamonaviy işlab çiqariş liniyalari örnatilgan majmuada yiliga 3,2 million dollarlik import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqariş imkoniyatiga ega.
Korxonada işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning 40 foizi eksportga yönaltirilib, qöşni mamlakatlarga ham yetkazib berilmoqda. Qolgan 60 foizi içki bozor ehtiyojlarini ta’minlaşga xizmat qilmoqda.
Taşrif davomida iştirokçilar xomaşyoni qayta işlaşdan tayyor mahsulot olişgaça bölgan texnologik jarayonlarni közdan keçirdi. Ularga mahsulotlarning texnik imkoniyatlari, sifat nazorati, mahalliylaştiriş darajasi va qişloq xöjaligida qöllanilişi haqida ma’lumot berildi.
Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni turli iqlim va tuproq şaroitlariga moslaştiriş, suğoriş samaradorligini oşiriş, suv yöqotişlarini kamaytiriş hamda zamonaviy yeçimlarni keng ommalaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga korxona mutaxassislaridan javob olib, suv tejovçi uskunalarni mahalliy şaroitda işlab çiqariş va taşqi bozorga yetkazib beriş böyiça Özbekiston tajribasini örgandilar.







