Vazir: «Yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman»
2026-10-29 11:50:00 / Yangiliklar

29-oktyabr kuni Suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev sohada faoliyat yuritayotgan yoş kadrlar bilan navbatdagi oçiq muloqotni ötkazdi.
Uçraşuvda vazirlik markaziy apparati, Suv xöjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiliş agentligi hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining yoş mutaxassislari iştirok etdi.
Muloqotda yoşlarning bilim va salohiyatidan samarali foydalaniş, ularning kasbiy ösişiga kömaklaşiş, yangi ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şu bilan birga, yoşlar bilan işlaşdagi ayrim taşkiliy kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, yoşlar yetakçilari faoliyatining uzluksizligini ta’minlaş, yoş mutaxassislarni yanada faol bölişga undaş, ularni aniq maqsadlar va amaliy loyihalar atrofida birlaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
Vazir bugungi kunda suv xöjaligi sohasiga yangiça fikrlaydigan, bilimli, izlanuvçan va taşabbuskor kadrlar zarurligini qayd etdi.
— Men yoşlarning yanada faol bölişini istayman va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman, — dedi Şavkat Xamrayev.
Uçraşuvda yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirdi, taklif va taşabbuslarini ilgari surdi. Jumladan, startap loyihalarni amalga oşiriş, magistraturada tahsil oliş va kasbiy malakasini oşiriş bilan boğliq takliflar muhokama qilindi.
Muhimi, muloqot faqat fikr almaşiş bilan çeklanmadi. Uçraşuvdan söng yoşlar vazir tomonidan berilgan topşiriqlar ijrosini taşkil etiş, yangi taşabbuslarni amalga oşiriş yuzasidan özaro maslahatlaşdi.
Dastlabki amaliy taşabbuslar ham körib çiqildi. Jumladan, 31-oktyabr kuni Toşkent viloyati Parkent tumani Navbahor mahalla fuqarolar yiğini hududidagi «Mirsodiq-Mirfayz» fermer xöjaligi dalasida 600 ming dona uzum qalamçasi, 7-noyabr kuni esa Yangiyöl va Zangiota tumanlarida 600 ming dona terak qalamçasi tayyorlaş rejalaştirildi.
Bu taşabbuslar «Yaşil makon» umummilliy loyihasi maqsadlariga hamohang bölib, kökalamzorlaştiriş işlariga hissa qöşiş bilan birga, yoşlar uçun qöşimça daromad manbaini yaratişga ham qaratilgan.
Uçraşuv yoşlarning yangi ğoyalariga yöl oçiş, ularning taşabbuslarini amaliy natijalarga aylantiriş hamda soha rivojiga daxldorlik hissini yanada kuçaytiriş yölidagi navbatdagi qadam böldi.
Axborot xizmati






