💧 Suv olishdagi birinchi qoidabuzarlik uchun ogohlantirish beriladi
2026-10-22 09:10:00 / Yangiliklar

Hukumatning 2026-yil 21-oktyabrdagi 585-son qarori bilan bu boradagi tartib belgilandi.
Ogohlantirish «suvnazorat.uz» platformasi orqali yuboriladi. Yuridik shaxs ko‘rsatmadagi holatni 10 kun ichida bartaraf etmasa, unga moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.
📌 Yangi tartib limitdan ortiqcha, shartnoma yoki maxsus ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan suv olish, shuningdek, suv olish joylarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan suv olish holatlarini qamrab oladi.
To‘lovda ham yengilliklar belgilandi: qaror va hisob-kitob olinganidan keyin bir oy ichida sanksiyaning yarmi ixtiyoriy to‘lansa, qolgan yarmini to‘lash talab etilmaydi. Summani belgilangan shartlarda olti oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham bor.
❗️ Ammo sanksiya qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida qoidabuzarlik takrorlansa, sanksiya besh baravar miqdorda qo‘llaniladi.
