Yoshlar tashabbusi qo‘llab-quvvatlanadi
2026-10-22 16:45:00 / Yangiliklar

“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan uchrashuvda vazirlik apparatining yosh xodimlari bevosita, tumanlardagi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari va yosh mutaxassislar esa videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.
Muloqotda yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbirda suv xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning bilim va salohiyati muhim o‘rin tutishini qayd etildi. Yosh mutaxassislar zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish, kasbiy malakasini muntazam oshirish va ish jarayoniga yangicha yondashuvlarni tatbiq etishga chaqirildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mehnat faoliyati va kasbiy rivojlanishga oid taklif hamda tashabbuslarini bildirdi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Muloqot yakunida yoshlarning takliflarini o‘rganish va istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.


