Muzrabotda suv tejovçi texnologiyalar samarasi amalda namoyiş etildi
2026-10-27 14:10:00 / Yangiliklar

Özbekiston va Rossiya işbilarmonlari hamkorligida taşkil etilgan «Billis Letto» qöşma korxonasi bu borada ibratli natijalarga erişmoqda. Korxona 200 gektar maydonda kaşniç, rukola, yalpiz, petruşka, ukrop kabi kökatlar hamda issiqxona şaroitida eksportbop mahsulotlar yetiştiriş bilan şuğullanadi.
Xöjalikning ekin maydonlari «Zang» kanalidan suv oladi. Suv resurslaridan samarali foydalaniş maqsadida 170 gektar maydonda tomçilatib, 30 gektar issiqxonada esa yomğirlatib suğoriş texnologiyalari joriy etilgan.
— Biz yetiştirayotgan kökatlar köp suv talab qilmaydi. Isroil texnologiyalari asosida yölga qöyilgan zamonaviy suğoriş usullari suv sarfini, mehnat va texnika xarajatlarini kamaytiriş, şu bilan birga, möl hosil oliş imkonini bermoqda, — deydi korxona iş boşqaruvçisi Rizo Sodiqov.
Uşbu tajribani keng ommalaştiriş maqsadida Muzrabot tumani «Suv yetkazib beriş xizmati» davlat muassasasi hamda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi hamkorligida korxona dalasida amaliy seminar taşkil etildi.
Tadbirda fermer xöjaliklari rahbarlari va soha mutaxassislari tomçilatib hamda yomğirlatib suğoriş texnologiyalarining işlaş jarayoni bilan tanişdilar. Ularga suv va mineral öğitlardan tejamli foydalaniş, işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiriş hamda hosildorlikni oşiriş yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.



