️Suv omborlaridan foydalaniş va ularda turizm xizmatlarini taşkil etiş tartibga solinadi
2026-10-28 10:05:00 / Yangiliklar
Prezidentimizning-2026-yil-27-oktyabrdagi "Suv omborlari va ularga tutaş hududlardan foydalanişni tartibga soliş hamda xavfsizlikni ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida" PQ-387-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror suv omborlari va ularga tutaş hududlarda turizm xizmatlarini rivojlantiriş bilan birga, gidrotexnika inşootlarining xavfsiz işlaşini ta’minlaş, suvni muhofaza qiliş zonalariga qöyilgan talablarga rioya etiş hamda suv obyektlarining ifloslanişiga yöl qöymaslikni nazarda tutadi.
Suv omborlari hududida turizm xizmatlarini taşkil etgan tadbirkorlarga-2029-yil 1-oktyabrga qadar quyidagi imtiyozlar beriladi:
yuridik şaxslar uçun yer soliği va mol-mulk soliği stavkalari belgilangan miqdorning 50 foizi darajasida qöllanadi;
suvda foydalanişga möljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va xavfsizlik anjomlari hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena şoxobçalarini Özbekiston hududiga olib kirişda bojxona tölovlarini 120 kunga keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşga ruxsat etiladi.Bunda suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi turizm obyektlari suv xöjaligi obyektlarining belgilangan iş rejimiga, gidrotexnika inşootlaridan xavfsiz foydalaniş hamda suvni muhofaza qiliş talablariga muvofiq faoliyat yuritişi lozim.
Tadbirkorlar zimmasiga:
turizm obyektlarini qutqaruv va xavfsizlik vositalari bilan jihozlaş;
qutqaruv xizmatini taşkil etiş yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma asosida navbatçilikni ta’minlaş;
kiçik hajmli kemalar va ular turadigan inşootlardan xavfsiz foydalaniş;
suvni muhofaza qiliş zonalari va sohilböyi mintaqalari uçun belgilangan talablarga rioya etiş;
oqova suvlarning suv omborlariga tuşişiga yöl qöymaslik uçun içki kanalizatsiya tarmoqlari va mahalliy tozalaş inşootlarini barpo etiş;
maişiy çiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qiliş majburiyatlari yuklanadi.Mazkur talablar suv omborlaridan oqilona foydalaniş, gidrotexnika inşootlarining xavfsiz va barqaror işlaşini ta’minlaş, suv resurslarini ifloslanişdan muhofaza qiliş hamda turizm xizmatlarini xavfsiz taşkil etişga qaratilgan.
