Qashqadaryoda suv xo‘jaligi xodimlari bir kunda 15 ming tup daraxt ko‘chati ekdi
2026-10-24 18:30:00 / Yangiliklar

Ushbu topshiriq hamda davlatimiz rahbarining 2026-yil 23-sentyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi xodimlari ishtirokida ko‘kalamzorlashtirish hashari tashkil etildi.
24-oktyabr kuni o‘tkazilgan hashar 200 nafardan ortiq tizim xodimlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Unda Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori Zokir Ishpulatov ishtirok etdi.
Hashar davomida “Qarshi” magistral kanalining PK 792+00 nuqtasida joylashgan suvchilar uyi atrofi hamda “Qarshi” bosh kanaliga qarashli maydonlarga 15 ming tup manzarali daraxt ko‘chati ekildi.
Ta’kidlash joizki, Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 30-sentyabrdagi buyrug‘iga muvofiq kuzgi mavsumda suv xo‘jaligi obyektlari atrofini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
Shunga muvofiq, joriy yil kuz mavsumida Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan 473 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chati ekish hamda 2 million tup qalamcha yetishtirish rejalashtirilgan.



