Agentlik xodimlari diktant yozdi
2026-10-19 18:05:00 / Yangiliklar

Unda Agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etib, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, imlo va tinish belgilariga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Loyiha Prezidentimizning 2025-yil 20-oktyabrdagi «Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zbek tiliga hurmatni oshirish hamda davlat tilining jamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamlashdan iborat.
Diktant matni ishtirokchilarga belgilangan tartibda to‘liq va ifodali o‘qib eshittirildi. Xodimlar matnni imlo, tinish belgilari va uslub talablariga muvofiq yozishga harakat qildi. Shu tariqa ular o‘z fikrini davlat tilida to‘g‘ri va savodli ifodalash bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Yozma ishlar mutaxassislar tomonidan loyiha nizomida belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Bunda matnning to‘liq yozilishi, husnixat, imloviy va ishoraviy xatolar soni hisobga olinadi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
Bunday ma’rifiy tadbirlar xodimlarning yozma savodxonligini oshirish bilan birga, rasmiy hujjatlarni davlat tili me’yorlariga muvofiq, aniq va xatosiz tayyorlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ekspluatatsiya agentligi axborot xizmati





