Yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot
2026-10-15 14:45:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqotda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda tizimda munosib mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari xususida so‘z yuritildi.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamonaviy bilimga ega, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarga ehtiyojni oshirayotganini qayd etdi. Yosh mutaxassislarning yangicha g‘oya va yondashuvlari sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan rejalashtirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ham fikr almashildi. Davlat tilining nufuzini oshirish, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga rioya qilish, yoshlarda ona tiliga hurmat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan takliflar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida yoshlar mehnat faoliyati, malaka oshirish, kasbiy rivojlanish va jamoat ishlarida faol ishtirok etishga doir fikr-mulohazalarini bayon qildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh mutaxassislarning fikrlarini eshitish, ularni qiziqtirgan masalalarga javob berish va istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun ochiq muloqot maydoni bo‘ldi.





