Xatirchida aholi va fermerlar murojaatlari tinglandi
2026-10-10 17:05:00 / Yangiliklar

Qabul davomida suv iste’molchilarining sug‘orish ta’minoti, ariq va kollektorlarni tozalash, nasos stansiyalari hamda sug‘orish quduqlarining texnik holatini yaxshilashga oid murojaatlar eshitildi.
Jumladan, gektar g‘alla maydonlariga «O‘zbekiston–1» nasos stansiyasidan suv yetkazib berish, «Shovot» kanalidan nasos stansiyasigacha ariq qazish, davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanilayotgan quduqlarga nasos va elektr hisoblagich o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.
Shuningdek, «Ergash» arig‘i, «Qirg‘oq–1», «Koinot» va «Qashqar» kollektorlarini tozalash, «Dam» kanalining buzilgan qismini betonlash hamda to‘qsonbosti ekinlariga suv yetkazib berish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Har bir masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish, vakolat doirasida qonuniy yechim topish va natijasi haqida murojaat egalariga ma’lumot berish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Ekspluatatsiya agentligi axborot xizmati







