Huquqiy bilim — mas’uliyatli faoliyat asosi
2026-10-08 16:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi «2026–2027-yillarda-jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»i qarori mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Qaror bilan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy targ‘ibotning zamonaviy usullarini joriy etish, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish hamda jamiyatda qonunlarga hurmatni mustahkamlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni qamrab olishi qayd etildi.
Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish alohida yo‘nalish sifatida belgilangan. Jumladan, muhim qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli tarzda yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy ko‘rib chiqish, xodimlarda axloqiy madaniyat va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni mustahkamlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga o‘z vaqtida hamda sifatli tushuntirish ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlaridan biri ekani ta’kidlandi.
«Huquqiy axborot soati» davomida Agentlik faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, ijro intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini bajarishda mas’uliyatni oshirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda qonuniylikni ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Ekspluatatsiya agentligi axborot xizmati





