Baliqchilikni rivojlantirish: muammo va takliflar o‘rganildi
2026-09-10 15:05:00 / Yangiliklar

Una davlatimiz rahbarining 2026-yil 2-iyuldagi "Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilganidek, mazkur hujjatda suv resurslari cheklangan sharoitda baliqchilikni rivojlantirish, intensiv usullarni keng joriy etish, mahsulot turlari va yetishtirish hajmini ko‘paytirishga qaratilgan muhim choralar belgilangan.
Uchrashuvda viloyatdagi baliqchilik xo‘jaliklarining bugungi holati, ularning suvga bo‘lgan ehtiyoji hamda mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ochiq muloqot davomida soha vakillari o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolarni bayon etib, suv ta’minotini yaxshilash, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Ko‘tarilgan har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Uchrashuv yakunida muammolarga amaliy yechim topish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.





