Qiziltepada faxriy suvchilar uchun uchrashuv tashkil etildi
2026-08-29 18:10:00 / Yangiliklar

Unda uzoq yillar suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan, irrigatsiya tarmoqlari va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish, ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash yo‘nalishida faoliyat yuritgan faxriylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ularning sohadagi ko‘p yillik mehnati va suv xo‘jaligi rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi. Faxriylar o‘z mehnat faoliyati davomida to‘plagan tajribasi, suvdan oqilona foydalanish, irrigatsiya tarmoqlarini asrash va suv yetkazib berish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, yosh mutaxassislarga kasbiy tajriba va tavsiyalarini ulashdi.
Tadbir doirasida faxriylar sharafiga dasturxon yozilib, osh damlandi. Suhbat davomida ularning mehnat faoliyati bilan bog‘liq xotiralar, turli yillarda sohada amalga oshirilgan ishlar yodga olindi.
Faxriy suvchilar Qiziltepa tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga ham tashrif buyurib, muassasaning bugungi faoliyati, suv yetkazib berishni tashkil etish jarayoni va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.






