Shahrisabzlik fermerlar bilan muloqot
2026-08-25 19:05:00 / Yangiliklar

Unda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, suv xo‘jaligi xodimlari va mahalliy aholi vakillarining murojaat hamda takliflari tinglandi. Jumladan, “Qo‘ldoshbobo Paxtakor” fermer xo‘jaligi rahbari Nurali Qo‘ldoshev nasos agregatlariga ajratilayotgan subsidiya mablag‘lari miqdorini oshirish masalasini ko‘tardi. “O‘roqov Akbar Akramovich” fermer xo‘jaligi rahbari Akrom Qurbonov esa ekin maydonlariga suv yetkazib berish, “Faxriddinov Umarqul” fermer xo‘jaligi rahbari Umarqul Faxriddinov esa “Duxchi” kanali orqali yer maydonlarini suv bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘radi. Yana bir fermer Akbar Uzoqov esa tuman suv xo‘jaligi tizimi uchun 12 metrlik ekskavator ajratish taklifini bildirdi.
Bundan tashqari, “Qatag‘on” kanalini tozalash va betonlashtirish, “Qumariq” kanali orqali tomorqa yerlariga suv yetkazib berish hamda “Qoraxo‘ja” kanalini betonlashtirish va tozalash masalalari ham ko‘tarildi.
Sayyor qabul davomida har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.







