«Eng yaxshi suvchi kitobxon» tanlovi g‘olibi aniqlandi
2026-08-12 10:50:00 / Yangiliklar
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida «Eng yaxshi suvchi kitobxon» tanlovining Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilarning kitob mutolaasi, asarlar mazmunini bilishi, dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va savollarga javob berish qobiliyati baholandi.
Yakunga ko‘ra:
1-o‘ringa Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Husniddin Safarov;
2-o‘ringa Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi bosh mutaxassisi Ilhom Abriyev;
3-o‘ringa “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi xodimi Iftixorbek G‘afforov loyiq deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
1-o‘rin sohibi Husniddin Safarov tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati








