Navoiylik suvchilar “Zakovat”da kuch sinashdi
2026-08-11 11:05:00 / Yangiliklar
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bellashuvda 8 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy ishlash talab etiladigan savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi jamoasi birinchi o‘rin hamda mintaqaviy bosqichga yo‘llanmani egalladi.
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi jamoasi ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Karmana va Xatirchi tumanlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari jamoalari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar diplomlar bilan taqdirlandi.

