Nukus shahrida “Karera kuni" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-07-28 11:50:00 / Yangiliklar

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Suv xo‘jaligi va melioratsiya kafedrasi boshlig‘i A.Djumanazarova bitiruvchi yoshlarga oliy ta’lim muassasasida olgan bilimlarini suv xo‘jaligi tashkilotlarida amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarini aytdi.
Mehnat yarmarkasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Qoraqalpoq davlat universitetining suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 62 nafardan ortiq bitiruvchilari ishtirok etdi.
Bitiruvchilar tizim tashkilotlari rahbar va mutaxassislari bilan bevosita suhbatdan o‘tib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Tadbir davomida 10 nafar yoshlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilinib, ular bilan mehnat shartnomalari tuzildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati




