Mustaqillik bayrami arafasida futbol maydonida do‘stona bellashuv
2026-07-17 13:05:00 / Yangiliklar

Musobaqada Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, «Tuyatortar-Qli» irrigatsiya tizimi boshqarmasi hamda «Jizzaxsuvqurilishinvest» davlat muassasasi jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi jamoasi barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning g‘olibi bo‘ldi.
Mazkur bahslar musobaqaning Jizzax shahar hududiy bosqichi hisoblanadi. Yaqin ikki hafta ichida tizimning boshqa tashkilotlari jamoalari ishtirokida ham hududiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sport musobaqalari xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda Mustaqillik bayramini yuqori kayfiyatda nishonlashga xizmat qilmoqda.







