Suv xo‘jaligida ijro intizomi va KPI nazorati kuchaytirilmoqda
2026-07-20 14:45:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda hujjatlar bilan ishlash sifati, ijro intizomi, Davlat dasturi va strategiyalarda belgilangan vazifalarning bajarilishi, rahbar xodimlarning KPI ko‘rsatkichlari hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish ishlarining borishi atroflicha tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida mavjud kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish, topshiriqlar ijrosini kuchaytirish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sur’atlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.





