Inson resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuv
2026-07-13 15:20:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati. Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida inson resurslarini boshqarish va kadrlar hujjatlarini yuritish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish, ma’lumotlarni elektron axborot tizimlariga to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish hamda hujjatlar bilan ishlashda amaldagi talablarga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xususan, mas’ul xodimlarga hrm.argos.uz va hrm.gov.uz elektron platformalarida xodimlarga oid ma’lumotlarni yuritish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, inson resurslarini boshqarishda raqamli tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.



