Fermerlar murojaatlari bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
2026-06-24 13:50:00 / Yangiliklar

Qabul davomida suv ta’minoti, ariq va kanallarni tozalash, ichki xo‘jalik tarmoqlarini ta’mirlash hamda suv taqsimoti masalalariga oid 20 dan ortiq murojaat kelib tushdi.
Xususan, “Charos Laziz” fermer xo‘jaligi rahbari Saidkamol Nurboyev xo‘jalikka xizmat qiluvchi ariqlarni tozalash uchun ekskavator ajratish bo‘yicha murojaat qildi. Uning murojaatiga ijobiy hal etilib, ekskavator ajratish belgilandi. “Bahorgi g‘alla”, “Azizbek-O‘ktambek” va “Sultonbek-Sattorbek” fermer xo‘jaliklari rahbarlari esa g‘o‘za maydonlarini qo‘shimcha suv bilan ta’minlash yuzasidan amaliy yordam so‘radi.
Shuningdek, “Sanjarbek-Gavharoy” fermer xo‘jaligi rahbari 2025-yilda iste’mol qilingan suv hajmi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish masalasini ko‘targan bo‘lsa, “Yosh Burgut Parvozi” fermer xo‘jaligi rahbari ichki lotok tarmoqlarini ta’mirlashda ko‘mak so‘ragan.
Qabulda davomida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida yechimlar belgilangan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.
✍️ Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya
qilish agentligi Axborot xizmati.









