Zarafshon ITHBda maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2026-05-21 14:55:00 / Yangiliklar

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni suv xo‘jaligi sohasi bilan yaqindan tanishtirish, ularda sohaga qiziqish uyg‘otish hamda suvchilar mehnatiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida boshqarmaning Yoshlar yetakchisi K. Matniyazov mamlakatimizda suv xo‘jaligi tizimini modernizatsiya qilish, sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, o‘quvchilar Suvchilar muzeyi, Suvchilar kutubxonasi hamda Markaziy dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishib, suv resurslarini boshqarish jarayonlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.





