HAR BIR MUROJAAT ORTIDA — INSON TAQDIRI
2026-10-02 14:15:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimining o‘rinbosarlari Umar Abdusalimov, Azamat Sultonov va Muhayyo Almirzayeva tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullarda fuqarolarni qiynayotgan masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yo‘l, qurilish, kommunal xizmatlar va obodonlashtirish bilan birga, uy-joy, bandlik, ta’lim, ijtimoiy yordam hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini ham qamrab oldi.
Fuqarolar bilan muloqot davomida har bir masalaning yechim imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor aholi muammolariga amaliy yechim topish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar va xotin-qizlarning murojaatlarini hal etishga qaratildi.

