NOGIRONLIGI BÖLGAN ŞAXSLARGA IMTIYOZLAR
Sanatoriy yöllanmasiga onlayn ariza
Hujjatlar, xizmat şartlari va ariza yuboriş tartibi rasmiy kartada berilgan.

Nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy himoyasi
— Nogironligi bölgan, öziga özi xizmat körsatiş qobiliyatini qisman yoki töliq yöqotgan va özgalarning doimiy parvarişiga muhtoj bölgan şaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslaştirilgan statsionar muassasalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar körsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar körsatiş bilan bir qatorda hayot faoliyati uçun tegişli şart-şaroitlar ta’minlanadi, tibbiy xizmatlar körsatiladi, şuningdek mehnat faoliyati va dam oliş taşkil etiladi.
— Iş beruvçining aybi bilan mehnatda mayib bölgan yoki kasb kasalligiga çalingan nogironligi bölgan şaxslar tibbiy körsatmalarga binoan iş beruvçining (taşkilotning taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar) mablağlari hisobidan reabilitatsiya qilişning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta’minlanadi.
— Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bölgan şaxslarga mahalliy byudjet mablağlari hisobidan qöşimça ijtimoiy kafolatlar belgilaş huquqiga ega.
— Nogironligi bölgan şaxslar sanatoriy-kurortda bepul soğlomlaştiriş, şuningdek dori vositalari, nogironligi bölgan şaxslarni parvariş qiliş uçun möljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bölgan bolalar uçun maxsus şifobaxş oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaniş huquqiga ega.
— Nogironligi bölgan şaxslarning sanatoriy-kurortda soğlomlaştirilişini ta’minlaş tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi bölgan şaxslarni parvariş qiliş uçun möljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi bölgan bolalar uçun maxsus şifobaxş oziq-ovqat mahsulotlarining röyxati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
