Hokimiyat haqida

SHAHRISABZ SHAHAR HOKIMLIGI HAQIDA
Shahrisabz shahar hokimligi — Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri hududida ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Shahrisabz shahri 2017-yilda viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ–3124-son qaroriga muvofiq Shahrisabz shahar hokimligi tashkil etilgan.
Shahar hokimligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Asosiy vazifalari
Shahrisabz shahar hokimligi qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida:
-
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlaydi;
-
investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
-
aholi bandligi, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
-
qurilish, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish va ekologiya yo‘nalishlaridagi vazifalarni amalga oshiradi;
-
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
-
hududda qonunchilik hujjatlari va yuqori turuvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi.
Hokimlik faoliyatini tashkil etish
Shahar hokimligi faoliyatiga shahar hokimi rahbarlik qiladi. Hokim qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Hokimlik boshqaruv apparati faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli namunaviy nizom asosida tashkil etiladi.
Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, hokim hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi.
Ochiqlik va murojaatlar
Shahrisabz shahar hokimligi faoliyatiga doir rasmiy axborotlar qonunchilikda belgilangan tartibda veb-sayt va boshqa axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Manzil va aloqa ma’lumotlari
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 42-uy.
Ishonch telefoni: +998 75 522-00-94
Elektron pochta: shaxrisabz.shaxar@exat.uz
Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov
