XORIJIY MUTAXASSIS BILAN MULOQOT VA BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARI BILAN UCHRASHUV
2026-09-02 10:55:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev Janubiy Afrika Respublikasidan tashrif buyurgan xorijiy til mutaxassisi Timoti Chetti bilan uchrashdi.
Muloqot davomida mutaxassisning maktab o‘quvchilariga xorijiy tilni o‘rgatish borasidagi faoliyati haqida fikr almashildi. Shahar hokimi Timoti Chettiga o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘zlashtirishiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, shahar hokimi 1-sinf o‘quvchilarining sinfxonasida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarga yaxshi o‘qish, bilimlarni puxta egallash va ta’lim yo‘lidagi ilk qadamlarida muvaffaqiyatlar tiladi.





